Uganda chempionining sardori oʻldirildi
Bu haqda “Daily Monitor” nashri xabar bermoqda.

Shanba kuni, 4 avgust soat 20:00 atrofida Kampaladagi uyi yaqinida noma'lum shaxslar 27 yoshli futbolchiga hujum qilib, hayoti uchun xavfli boʻlgan jarohatlar etkazishgan. Himoyachi uning yaqin doʻsti va sobiq jamoadoshi Nikolay Kabonge tomonidan shifoxononaga etkazilgan, biroq ahvoli tezda yomonlashib, chorshanba kuni ertalab vafot etgan. Hujum holatlari aniqlanmoqda.
2024 yilda Ovori “Villa”ga soʻnggi 20 yil ichida ilk bor Uganda chempioni boʻlishga yordam bergandi. U faoliyati davomida Ispaniyaning “Veles” va Shvetsiyaning “Utsiktens” klublarida ham toʻp tepgan. Futbolchi “Villa” tarkibidagi soʻnggi oʻyinini 1 avgust kuni oʻtkazgan edi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0