UFC prezidenti JCH-2026 finali translyasiyasi tashkilotchilarini sport tarixidagi eng yomoni deb atadi
UFC prezidenti Dana Uayt Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2026 finalini translyasiya qilgan prodyuserlik jamoasini keskin tanqid qildi.
«Jahon chempionati translyasiyasiga mas’ul bo‘lgan yigitlar... Bugun siz maydonga tushib, qo‘lingizdan kelgan barcha narsani qildingiz. Jamlanmamdagi hamma sizni eng yomoni deb aytgan bo‘lsa-da, men: "Yo‘q, eng yomoni bizmiz. Ular bizchalik qovun tushirishgani yo‘q", degandim. Siz nima qilyapsiz? Bugun shunchaki: "Yo‘qol, Dana Uayt. Siz bizni ortda qoldira olmaysiz. Biz sport tarixidagi mashhurlarni ko‘rsatish bo‘yicha eng yomon prodakshn-jamoamiz", dedingiz. Tiz cho‘kaman. Jahon chempionati prodyuserlarini tabriklayman. Siz g‘alaba qozondingiz. Siz ham rosa qovun tushirdingiz. Siz mutlaqo rasvosiz. Biz esa ikkinchi eng yomonimaz», — dedi Uayt ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan videosida.
Final o‘yini davomida sharhlovchilar xonanda Farrell Uilyamsni reper A$AP Rocky bilan adashtirib yuborishgan, shuningdek, prezident Donald Trampning ortida o‘tirgan AQSH davlat kotibi Marko Rubioni Krishtianu Ronaldu deb o‘ylashgan.
Oldinroq Uayt UFC 329 turnirida bokschi Shakur Stivensonni NBA o‘yinchisi Jeylen Uilyams bilan adashtirib yuborganliklari uchun UFC xodimlarini tanqid qilib, ularni mashhurlarni translyasiyada ko‘rsatish borasida eng yomonlari deb atalgan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0