Fidbol.net

UEFA Infantinoni taxtdan tushirmoqchi, Anri esa futbolchilarni uygʻonishga chaqirmoqda

Tahririyat 6
UEFA Infantinoni taxtdan tushirmoqchi, Anri esa futbolchilarni uygʻonishga chaqirmoqda

2026 yilgi Jahon chempionati bilan bogʻliq bir nechta mojarolardan soʻng FIFA bosim ostida qolmoqda. Bu holat tashkilot rahbari Janni Infantinoning mundialni oʻtkazishga oid tijoriy huquqlarni FIFA Forward Enterprise (FFE) kompaniyasi orqali sotish taklifidan keyin yanada keskinlashdi.

"Mening fikrimcha, oʻyinchilarda oʻzlari oʻylaganidan koʻra koʻproq kuch bor. Agar ular oʻzgarishlarni xohlashsa, bunga erisha oladilar, ayniqsa, bugungi kunda. Futbolchilar istasa, toʻliq hokimiyatga ega boʻladi va ba'zan, nazarimda, ular bundan foydalanishmaydi yoki bunga ega ekanliklarini anglashmaydi.

AQShda juda yaxshi bilasiz: oʻyinchi biror narsa qilmoqchi boʻlsa, liga unga quloq soladi. Buni NBA’da koʻrgansiz. Buni NFL’da koʻrgansiz... Biroq qaysidir pallada oʻyinchilarga doim: "Boring, tomosha koʻrsating, pulingizni oling va keting", degan munosabatda boʻlishadi", – deya frantsuzning soʻzlarini keltiradi “The Guardian”.

Oʻtgan haftada Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) alohida bayonot berib, FFE yaratilishi gʻoyasi qanday paydo boʻlgani boʻyicha mustaqil tashqi tekshiruv oʻtkazishni talab qildi.

Bundan tashqari, UEFA agar Infantino FIFAning boʻlajak kongressida oʻz nomzodini qayta saylanish uchun koʻrsatsa, qanday yoʻl tutishini ma'lum qildi. Tashkilot milliy assotsiatsiyalarga munosib muqobil nomzod tanlovini taqdim etish maqsadida hamkor konfederatsiyalar bilan birgalikda harakat qilish niyatida ekanini bildirdi. UEFAybyu fikricha, bunday muqobil nomzod halollik, shaffoflik, izchil rivojlanish va haqiqiy institutsional islohotlar tamoyillariga tayanishi kerak.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring