"Real" Mendini EChL qaydnomasiga kiritmadi
31 yoshli frantsuz futbolchisining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan. Oʻtgan mavsum yakunida futbolchi oʻng oyoq son toʻgʻri mushagining pay jarohatini olib, operatsiya qilingandi. Tiklanish taxminan 5 oy davom etadi.
Shu bilan birga, "Real" boshqa jarohat olgan futbolchilarni — himoyachi Eder Militao va hujumchi Rodrigoni qaydnomaga qoʻshdi.
"A" roʻyxatidan jami 25 nafar futbolchi joy oldi. Klub tarbiyalanuvchilari boʻlgan yana 11 nafar oʻyinchi esa "V" roʻyxatiga oʻtkazildi.
2026/27 yilgi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida "Real" "Inter", "Arsenal", PSV, "Roma", "Leyptsig", "Shaxtyor", LASK va AEK klublariga qarshi bahs olib boradi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0