Eng qiyini hamyurtlarimizda! EChLda eng engil va eng qiyin qur'a tushgan jamoalar nomini ma'lum qildi
Hisob-kitoblarga koʻra, eng ogʻir kalendar "Sabah"ga nasib etdi. Ozarbayjon klubining koʻrsatkichi +42 ni tashkil etdi. Undan keyingi oʻrinlardan "Manchester Siti" (+39), "Lans" (+33), "Bryugge" (+26) va "Komo" (+25) joy oldi.
Reytingning qarama-qarshi tomonida "Shtutgart" qayd etildi – Germaniya jamoasida qur'a qiyinchiligi koʻrsatkichi -48 ni tashkil qildi. Keyingi oʻrinlarda "Inter" (-36), "Real" (-28), "Shaxtyor" (-28) va LASK (-21) bormoqda.
Koʻrsatkich qiymati qanchalik yuqori boʻlsa, jamoa uchun qur'a shunchalik qiyin hisoblanadi. Manfiy qiymat esa, oʻz-oʻzidan, raqiblar toʻplamining engilroq ekanidan dalolat beradi.
Chempionlar Ligasining asosiy bosqichi 8 sentyabr kuni start oladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0