EChL. PSJ penaltilar seriyasida "Arsenal"ni magʻlub etib, ketma-ket ikkinchi marta chempion boʻldi!
PSJ - “Arsenal” 1:1
Gollar: 6 - Kay Xaverts, 65 - Usman Dembele
PSJ: 39. Matvey Safonov, 5. Markinos (6. Ilya Zabarniy, 106’), 51. Vilyam Pacho, 25. Nunu Mendesh, 2. Ashraf Xakimi, 87. Joau Nevesh, 17. Vitinya (4. Lukas Beraldo, 106’), 8. Fabian Ruis (33. Uorren Zair-Emeri, 95’), 14. Dezire Due, 7. Xvicha Kvaratsxeliya (29. Bredli Barkolya, 83’), 10. Usman Dembele (9. Gonsalu Ramush, 90+6’).
Zaxira: 30. Lyuka Shevale, 89. Renato Marin, 21. Lukas Ernandes, 19. Li Kan In, 27. Dro Fernandes, 24. Senni Mayulu, 49. Ibragim Mbaye.
“Arsenal”: 1. David Rayya, 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 49. Maylz Lyuis-Skelli (36. Martin Subimendi, 91’), 3. Kristyan Moskera (12. Yurrien Timber, 66’), 5. Pero Inkape, 19. Leandro Trossard (11. Gabriel Martinelli, 83’), 41. Deklan Rays, 8. Martin Edegor (14. Viktor Gyokeresh, 66’), 7. Bukayo Saka (20. Noni Madueke, 83’), 29. Kay Xaverts (10. Eberechi Eze, 91’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 33. Rikkardo Kalafori, 16. Kristian Nyorgor, 23. Mikel Merino, 56. Maks Doumen, 9. Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: 46 - Kristyan Moskera, 54 - Bukayo Saka, 90+6 - Joau Nevesh, 98 - Viktor Gyokeresh, 103 - Deklan Rays, 103 - Mikel Arteta (“Arsenal” bosh murabbiyi, maydon chetida), 118 - Nunu Mendesh
PSJ - ketma-ket ikkinchi bor EChL chempioni boʻldi!

Yakuniy hisob - 4:3

Oʻninchi zarba - Gabriel GOL UROLMADI!
Toʻqqizinchi zarba - Beraldo gol urdi!
Sakkizinchi zarba - Martinelli hisobni tenglashtirdi!
Ettinchi zarba - Ashraf Xakimi yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi!
Oltinchi zarba - Deklan Rays gol urib, muvozanatni tikladi!
Beshinchi zarba - Nuno Mendesh ham gol UROLMADI!
Toʻrtinchi zarba - Eze gol ura OLMADI!
Uchinchi zarba - Due ham gol ura oldi!
Ikkinchi zarba - Gyokeresh ham aniq amalga oshirdi penaltini!
Birinchi zarba - Ramush gol urdi!
Penaltilar seriyasi boshlanmoqda.
🕛 120+2. Qoʻshimcha boʻlimlar ham yakunlandi, endi navbat - penaltilar seriyasiga!
120. Oʻyinning toʻrtinchi boʻlimiga 1 daqiqa qoʻshib berildi.
120. Gyokereshning uzoq masofadan yoʻllagan zarbasi rekoshet boʻlib, maydonni tark etdi.
119. Timberning oʻtkir burchakdan bergan zarbasi noaniq boʻldi…
117. Due… frantsiyalik futbolchining zarbasidan soʻng Rayya jamoasini qutqardi!
114. Endi londonliklar faollikni oshirmoqda, soʻnggi daqiqalar, shubhasiz, “yonadi”.

107. Rayya oʻziga kelayotgan toʻpni qaytarishda xatoga yoʻl qoʻydi, sal qolsa raqiblari darvozani ishgʻol qilishi mumkin edi…
🕘 106. Soʻnggi boʻlim boshlandi!
🕛 105+2. Birinchi ekstra-taym yakuniga etdi.
105. Birinchi qoʻshimcha boʻlimning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qoʻshib berildi.

102. Madueke PSJ jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam oʻyinni davom ettirishni bildirdi.
100. Ashraf Xakimining uzoqdan yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi.
94. Qoʻshimcha daqiqalarning birinchisini “Arsenal” yaxshi boshladi.
🕘 91. Uchinchi boʻlimga start berildi!
📊 Oʻyinning asosiy vaqtidan keyingi statistika:
Toʻp nazorati - 75% - 25%
Darvoza tomon zarbalar - 18 - 4
Aniq zarbalar - 3 - 1
Burchak zarbalar - 10 - 0
Uzatmalar aniqligi - 91% - 68%
Seyvlar - 0 - 2
🕛 90+8. Finalning asosiy vaqti tugadi, buyogʻiga navbatda qoʻshimcha boʻlimlarga.
90+7. Barkolya katta tezlikda oldinga yurish qilib darvozaga zarba berdi, biroq noaniq ketdi…
90+6. Dembele zaxiraga olindi, katta ehtimol bunga jarohat sabab boʻldi.
90. Finalning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qoʻshib berildi!
88. Vitinyaning zarbasi aniq boʻlmadi.
86. Parijda tezlik yuqori, qarshi hujumlarda raqibini “ushlamoqchi”.
85. Londonliklar raqib jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat yaratdi, biroq yakuniy zarba berilmadi.
83. Oʻyinning asosiy vaqtiga yakuniga 7 daqiqa qolganda ikki jamoada ham oʻzgarishlar amalga oshirildi.
77. Xvicha!!! Chap qanotdan juda katta tezlikda oldinga yurish qilib zarba berdi, Lyuis-Skelli toʻpni burib yubordi…
73. Vitinyaning kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi…
72. Rayyaning uzatmasi noaniq boʻldi, Ashraf Dembelega pas berdi, Usmonning zarbasi esa noaniq.
70. Jamoalar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun yana qisqa tanaffus berildi.
66. Arteta bir vaqtning oʻzida ikkita futbolchini almashtirdi.
66. Hisob tenglashdi, barchasi qaytadan boshlanadi yana! Zoʻr oʻyin!

⚽️ 65. GOL! Dembele penaltini aniq amalga oshirdi!
63. Moskera gruziyalik futbolchini yiqitdi, vaholanki himoyachida sariq kartochka bor.
62. Penalti! Xvicha yiqitildi! “Arsenal” darvozasi tomon!
60. London klubi toʻliq himoyalangan. Parij xavfli hujum tashkil etishda ojiz qolmoqda, hozircha.
55. Ayni vaqtga kelib londonliklarning ikki oʻng qanot futbolchisi sariq kartochka oldi, buyogʻiga PSJ chapdan hujumlarni kuchaytiradi.
53. Boʻlim juda yuqori tempda boshlandi, PSJ faol anchagina.
🕛 46. Ikkinchi boʻlim boshlandi!
📊 Birinchi boʻlimdan keyingi statistika:
Toʻp nazorati - 77% - 23%
Darvoza tomon zarbalar - 6 - 2
Aniq zarbalar - 1 - 1
Burchak zarbalar - 4 - 0
Uzatmalar aniqligi - 89% - 66%
Seyvlar - 1 - 1
🕘 45+7. Finalning dastlabki boʻlimi yakunlandi. Bosh hakam tugatishdan avval “Arsenal”ga burchak toʻpi bergan edi, biroq kutmadi amalga oshirishni.
45+5. Ruisning chapdan yoʻllagan kuchli zarbasidan soʻng Rayya toʻpni arang ushlab oldi…
45+3. Haverts jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi, biroq rekoshetga uchrab, toʻp Safonovga kelib tushdi.
45. Birinchi boʻlimga 6 daqiqa qoʻshib berildi.
45. Dembelening zarbasi anchagina noaniq ketdi.
43. Mendesh chapdan jarima maydonchasi ichiga kirib borib, toʻpni uzatdi, Ruisning zarbasi noaniq boʻldi.
40. Oʻtgan vaqt ichida londonliklar himoyasi shu qadar aniq va chiroyli oʻynayaptiki, Parij hech narsa qila olmayapti.
31. Mendesh raqib jarima maydonchasi ichida yotibdi, PSJ esa oʻyinni davom ettirmoqda.
26. Trossard zarba berayotganda toʻpga emas, Safonovning boshiga tegib ketdi.
24. Qaytdi jamoalar, oʻyin davom etadi.
23. Futbolchilar suv ichib olishi uchun qisqa tanaffus berildi.
21. Toʻp nazorati toʻliq PSJda. Jamoa raqib jarima maydonchasiga kirishga imkoniyat topolmayapti.
16. “Arsenal” jarima maydonchasi ichida Sakaning qoʻliga toʻp tekkan boʻlishi mumkin. Parijliklar e'tiroz bildirmoqda.
13. Fabian Ruisning zarbasi aniq boʻlmadi.
🔍 Fakt: Bilasizmi, Kay Haverts yana finalda gol urmoqda. Uning 2020/2021 yilgi mavsumdagi EChL finalida “Man Siti” darvozasiga urgan goli “Chelsi”ga chempionlik keltirgandi.
11. Duening uzatmasini londonlik himoyachilar qaytardi, toʻp Xvichaga etib kelmadi.
9. “Arsenal” yana oldinga yurish qilmoqda, hozircha Enrike shogirdlaridan javob koʻrmayapmiz.
7. Tezkor gol urdi londonliklar, buyogʻiga Parij nima qiladi, kuzatamiz.

⚽️ 6. GOL! Haverts hisobni ochdi! Kay boʻsh qolgan hududdan oldinga yurish qildi va darvozaga zarba berib, gol urdi!
4. Uchrashuv yuqori tempda boshlanmadi, jamoalar hujumga shoshilishmayapti.
🕛 1. Finalga start berildi!


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Evropa Chempionlar ligasi final uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
Manba: championat.asia
Izohlar 0