Fidbol.net

EChL. Mavsum toʻpurari kim boʻldi?

Tahririyat 1
EChL. Mavsum toʻpurari kim boʻldi?

27 yoshli frantsuz yakunlangan LCh bahslarida 15 ta gol urdi, uning jamoasi "Real" esa 1/4 finalgacha etib bordi. Ikkinchi oʻrinni Garri Keyn ("Bavariya") 14 ta gol bilan egalladi. Uchinchi oʻrinni esa Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ), Xulian Alvares ("Atletiko") va Entoni Gordon ("Nyukasl") boʻlishib olishdi — ular hisobida 10 tadan toʻp bor.

Mbappe faoliyatida ikkinchi marta LCh toʻpurariga aylandi, bundan avval 2023/24 yilgi mavsumda u ushbu sovrinni Keyn bilan boʻlishib olgan edi (har ikkisi 8 tadan gol urgan).

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring