EChL. PSJ ikki oʻyin natijasiga koʻra "Bavariya"ni magʻlub etib, ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqdi!
“Bavariya” – PSJ 1:1 (Birinchi oʻyin - 4:5)
Gollar: 3 - Usman Dembele, 90+4 - Xarri Keyn
“Bavariya”: 1. Manuel Noyer, 44. Yosip Stanishich (19. Alfonso Devis, 67’), 2. Deotshankyul Upamekano (42. Lenart Karl, 85’), 4. Jonatan Ta (3. Kim Min Je, 68’), 27. Konrad Laymer, 6. Yoshua Kimmix, 45. Aleksandar Pavlovich, 17. Maykl Olise, 10. Jamal Musiala (11. Nikolas Jekson, 79’), 14. Luis Dias, 9. Xarri Keyn.
Zaxira: 26. Sven Ulrayx, 40. Yonas Urbig, 21. Xiroki Ito, 22. Rafael Gerreyru, 8. Leon Goretska, 20. Tom Bishof.
PSJ: 39. Matvey Safonov, 5. Markinos, 51. Vilyam Pacho, 25. Nunu Mendesh (24. Senni Mayulu, 85’), 87. Joau Nevesh, 17. Vitinya, 33. Uorren Zair-Emeri, 8. Fabian Ruis (4. Lukas Beraldo, 76’), 14. Dezire Due (21. Lukas Ernandes, 76’), 10. Usman Dembele (29. Bredli Barkolya, 65’), 7. Xvicha Kvaratsxeliya.
Zaxira: 70. Artur Vino, 80. Bilal Lorendon, 89. Renato Marin, 6. Ilya Zabarniy, 19. Li Kan In, 27. Dro Fernandes, 9. Gonsalu Ramush, 49. Ibragim Mbaye.
Ogohlantirishlar: 8 - Nunu Mendesh, 33 - Yosip Stanishich, 45+3 - Xvicha Kvaratsxeliya, 78 - Luis Dias, 86 - Markinos
🕛 90+8. Oʻyin yakunlandi, PSJ - finalda!
90+5. Myunxen nima qiladi endi, yana bitta golmi? Qiziq!

⚽️ 90+4. GOL! Keyn hisobni tenglashtirdi!
90+1. Jekson darvozaga juda yaqin masofadan zarba berdi, Safonov ushlab oldi!
90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qoʻshib berildi.
88. Barkolyadan zarba, Noyerdan seyv!
88. “Bavariya”dan ketma-ket zarbalar boʻldi, biroq darvozaga bormadi. Futbolchilar bosh hakamga PSJ futbolchisi qoʻl bilan oʻynaganini aytmoqda.
85. Haaaa, doʻstlar. Oʻyindan keyin hakamlik mavzusi anchagina muhokama boʻladi.
83. Mendesh Noyer oldinga chiqib ketganidan foydalanib toʻpni “tushirib qoʻymoqchi” edi, ammo aniq boʻlmadi.
79. Xvicha jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo yakuniy zarba berolmadi…
76. Duedan yaxshi zarba, biroz salgina noaniq boʻldi.
72. Xvicha va Due kombinatsiya yakunida zarba berildi, ammo noaniq.
70. Navbatdagi zarba Olisedan! Bunisin PSJ darvozaboni ushlab oldi!
69. Luis Diasning zarbasini Safonov qaytardi!
66. Nunu Mendesh katta tezlikda oldinga yurish qildi, biroq toʻpni nazorat qila olmadi.
62. Noyerdan seeeyv! Due oldinga yurish qilib zarba berdi, Manueldan zoʻr seyv!
62. Stanishichning erlatib tepgan toʻpini Safonov ushlab oldi.
57. Xvichadan zarba! Bu safar ham Manu toʻpni qaytarib yubordi!
56. Yaxshi zarba parijliklardan, Noyerdan sev!
52. “Bavariya” sekin-asta oldinga oʻtmoqda. Keynning zarbasi raqib futbolchilaridan uzoqqa oʻtmadi.
49. PSJ toʻpni nazorat qilmoqda, Myunxen esa ta'qibchi rolida.
🕛 46. Ikkinchi boʻlimga start berildi.
📊 Dastlabki boʻlimdan keyingi statistika:
Toʻp nazorati - 58% - 42%
Darvoza tomon zarbalar - 9 - 6
Aniq zarbalar - 1 - 3
Burchak zarbalar - 0 - 4
Uzatmalar aniqligi - 84% - 72%
Seyvlar - 2 - 1
🕘 45+3. Birinchi boʻlim yakunlandi.
45+3. Taning zarbasi aniq boʻlmadi.
45. Oʻyinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qoʻshib berildi.
45. “Boʻldida endi, bolam”: Musialaning navbatdagi zarbasi ham noaniq ketdi. Toʻrtinchisi edi bu.
44. Yana Musiala! Bu safargi zarbasi esa noaniq boʻldi… Dahshat, uch daqiqada uchta zoʻr harakat!
44. Jamal! Musiala yaqin masofadan zarba berdi, Safonovdan dahshat seyv!
42. Musiala toʻpni erlatib uzatdi markazga, Safonov qaytardi!
41. Luis Dias chapdan yurish qilib jarima maydonchasiga kirdi, biroq toʻpni oʻzidan uzoqlashtirib yubordi.
37. Yana PSJ oldinga yurish qildi. Due Xvichani toʻp bilan ta'minladi, biroq uning uzatmalari oʻxshamadi. Yakunda burchak zarbasi ishlab oldi.
33. Noyer!!! Neveshning bosh bilan bergan zarbasini Manu super seyv qilib, qaytardi!
32 VAR ham koʻrdi, bizningcha. Penalti yoʻq! Oʻyin davom etadi.
31. Yana PSJ futbolisining qoʻliga toʻp tekkani aytilmoqda, bu safar bir futbolchi oʻz sherigining qoʻlini nishonga olib qoʻydi bilmasdan. Bu Nevesh edi.
29. Mendesh toʻpni qoʻli bilan toʻxtatdi, unda sariq kartochka bor edi. Biroq bosh haka undan avval Laymer qoida buzganini aytmoqda.
27. Olisedan zoʻr zarba boʻldi, biroq noaniq.
25. Aytish kerakki, temp kutilganidek boʻlmayapti. Biroz sustlashdi oʻyin.
22. Dias Zair-Emerini aldab oʻtib, zarba berdi, ammo noaniq boʻldi.
21. Xvichaning zarbasi rekoshetga uchrab, toʻp Noyerga borib tushdi.
15. Darhol qarshi hujum PSJdan, yana Xvicha, bu safar oʻzi zarba berdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
15. Luis Dias jarima maydonchasiga kirib borib toʻpni Olisega uzatdi, uning zarbasi esa darvozaga bormadi.
11. Keynga toʻp uzatilgandi, Parij himoyachilari “tozaladi” hududni toʻpdan.
🟨 8. Olise Mendeshni sariq kartochkaga ilintirdi, bu hali PSJ boshiga balo boʻlishi mumkin.
5. “Bavariya” oldinga yurish qiladi endi. Ular ikkita gol urishlari kerak eng kamida. Biroq Parij markazda bunga imkon bermayapti.
4. Gollar shousi boshlandimi? Myunxen nima qiladi buyogʻiga? Kuzatamiz!

⚽️ 3. GOL! Dembele hisobni ochdi! Xvicha chapdan oldinga yurish qildi, toʻpni markazroqqa uzatdi va Usmon gol urdi!
2. Oʻyin yaxshi boshlandi, hozircha jamoalar toʻpni nazorat qilishga urinmoqda.
⚽️ 1. Oʻyin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni EChL yarim final javob uchrashuvi - “Bavariya” – PSJ bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
Manba: championat.asia
Izohlar 0