EChL. "Shaxtyor" PSV bilan, "Fenerbaxche" esa "Roma" bilan durang oʻynadi
Eyndxovendagi "Filips" stadionida mezbon PSV Ukrainaning "Shaxtyor" klubini qabul qildi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 45-daqiqada "Shaxtyor"ning venesuelalik yarim himoyachisi Gleyker Mendosa hisobni ochgan boʻlsa, 48-daqiqada PSV himoyachisi Serdjino Dest muvozanatni tikladi. Musobaqaning 2-turida PSV 13 oktyabr kuni safarda "RB Leyptsig" bilan oʻynasa, "Shaxtyor" 14 oktyabr kuni Gretsiyaning AEK klubiga qarshi maydonga tushadi.
PSV - “Shaxtyor” 1:1
Gollar: Dest 48 - Mendosa 45.
Istanbuldagi "Ulker Fenerbaxche Shyukryu Sarajoglu" stadionida esa mahalliy "Fenerbaxche" va Italiyaning "Roma" jamoalari oʻzaro hisob-kitob qilishdi. Ushbu bahs ham 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Birinchi taym oxirida "boʻrilar" yarim himoyachisi Brian Kristante hisobni ochdi. 48-daqiqada esa "Fenerbaxche" himoyachisi Archi Braun javob golini urib, hisobni tenglashtirdi.
Keyingi turda "Fenerbaxche" 14 oktyabr kuni "Aston Villa" bilan bahs olib borsa, "Roma" shu kuni oʻz maydonida Madridning "Real" klubini qabul qiladi.
"Fenerbaxche" - “Roma” 1:1
Gollar: Braun 48 - Kristante 39.
Manba: championat.asia
Izohlar 0