Fidbol.net

"U aql bovar qilmas darajada — butun futbol olami uni tomosha qilishni istaydi". Argentina terma jamoasi murabbiyi — Messining xet-triki haqida

Tahririyat 6
"U aql bovar qilmas darajada — butun futbol olami uni tomosha qilishni istaydi". Argentina terma jamoasi murabbiyi — Messining xet-triki haqida

"Leo uchun soʻz topish qiyin. Men yana nima ham deya olardim? U aql bovar qilmas darajada kuchli. U buni oxirgi 20 yildan beri takrorlab kelmoqda. Butun futbol olami uni tomosha qilishni istaydi va uning oʻyinidan zavq oladi.

Ilk uchrashuv doim qiyin kechadi. Avvalgi jahon chempionati startida biz qoqilgan edik (Saudiya Arabistonidan magʻlubiyat 1:2 — tahr.), shu sababli bugun turnirni gʻalaba bilan boshlash biz uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega edi.

Biz qiyinchilikka chidash kerakligini bilardik. Raqib shakllangan, yaxshi oʻynaydigan jamoa ekanligini tushunib turgandik. Yigitlar ulkan hajmdagi ishni bajarishdi, bu juda murakkab oʻyin boʻldi.

Oxirgi soniyalargacha har bir toʻp uchun kurashish — bu bizning uslubimiz. Men aynan mana shu jihatni alohida koʻrsatib oʻtgan boʻlardim", — deya Skalonining soʻzlarini keltiradi Argentina terma jamoasi matbuot xizmati.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring