Jazoir terma jamoasi murabbiyi magʻlubiyatdan soʻng Messining buyukligini tan oldi, ammo uni maydondan chetlatish kerak boʻlganiga shama qildi
Shuningdek, Petkovich hakamlar birinchi boʻlimdagi qoʻpol foli uchun Messini maydondan chetlatishlari kerak boʻlganiga shama qilib oʻtdi.
"Uning darajasi — tengsiz. Biz qandaydir qari futbolchi haqida gapirayotganimiz yoʻq. Biz sakkiz bor "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritgan futbolchi haqida gapiryapmiz. Bugun biz uning gol urishini osonlashtirib berdik. U hamma narsani engillik bilan bajarishni biladi. Butun Argentina terma jamoasi koʻp yillardan beri uning boschiligida toʻp surmoqda. U aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradi. Argentina raqib darvozasiga oʻnta zarba yoʻllagan boʻlsa, shundan ettitasi Messi tomonidan amalga oshirildi. Yakunda ular bu uchrashuvda gʻalaba qozonishga loyiq edilar.
Uni maydondan chetlatish kerakmidi? Ayni damda taxminiy vaziyatlarga izoh berishdan ma'no yoʻq. Ammo buni hamma, jumladan men ham koʻrdim. Oʻyindan keyin videoyozuvni tomosha qildim, biroq bu haqda koʻp gapirishni istamayman.
Biz oʻzimizdan kuchliroq boʻlgan jamoaga qarshi toʻqnash keldik. Agar bugun qandaydir ochko olib ketganimizda, bu katta kutilmagan sovgʻa boʻlardi. Qalgan ikkita jamoa ham hali Argentinaga qarshi oʻynashi kerak. Shunday ekan, taqdirimiz hali ham oʻz qoʻlimizda.
Birinchi golda Zidanning xatosi? Men qaysidir futbolchini ayblashga moyil emasman. Lekin oʻylaymanki, biz haddan tashqari koʻp xatolarga yoʻl qoʻydik va Argentinaga toʻsiqsiz zarba berish imkoniyatini yaratib berdik", — dedi Petkovich.
Manba: championat.asia
Izohlar 0