Transfer. «Barselona» Rafinyani Saudiya Arabistoniga sotishga tayyor
«Barselona»ning vingeri Rafinya Dias Saudiya Arabistoni chempionati jamoalari tomonidan transfer maqsadlaridan biri sifatida qiziqish uyg'otmoqda. Nomi oshkor etilmagan Saudiya klublari yozgi transfer davrida braziliyalik futbolchi uchun 90 million yevro to'lashga tayyorligi haqida Transfer News Live nashri El Paisga tayanib xabar bermoqda.
Futbolchiga yiliga taxminan 30 million yevro miqdorida katta maosh taklif qilinishi kutilmoqda. Hozirgi paytda Rafinya o'z kelajagi haqida hali aniq qarorga kelmaganligi haqida xabarlar tarqalmoqda, avvalroq esa 29 yoshli futbolchi «Barselona»da qolishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilingan edi. «Ko'k-anorranglilar» hujum chizig'i yetakchisining amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha davom etadi.
Izohlar 0