«Tottenxem» va «Manchester Yunayted» bir hujumchiga qiziqmoqda
«Bryugge» markaziy hujumchisi Nikolo Tresoldi Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli nemis futbolchisiga «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub skautlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidagi «Bryugge» — «Aston Villa» uchrashuvida forvardning harakatlarini kuzatgan.
Manba ta’kidlashicha, Tresoldi «Tottenxem»ning transfer ro‘yxatida yuqori o‘rinda turibdi. Londonliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish va unga xilma-xillik qo‘shishni istamoqda. «Manchester Yunayted» esa futbolchini ko‘proq kelajak uchun mo‘ljallangan variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Tresoldi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 25 mln yevroga baholamoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0