Fidbol.net

Merson: "Agar Edegor shunday o‘ynashda davom etsa, bu "Arsenal" 100 million funt sterlingga yangi o‘yinchini sotib olishga o‘xshaydi"

Tahririyat 1
Merson: "Agar Edegor shunday o‘ynashda davom etsa, bu "Arsenal" 100 million funt sterlingga yangi o‘yinchini sotib olishga o‘xshaydi"

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Pol Merson sardor Martin Edegorning mavsum boshidagi o‘yinini yuqori baholadi.

Norvegiyalik yarim himoyachi ketma-ket ikki o‘yinda gol urdi - Premyer-ligada "Chelsi" (2:1) va Chempionlar Ligasida "Napoli" (1:0).

"Menimcha, agar Edegor jarohat olganida, "Arsenal" bunga dosh berar edi, ammo endi u ikki yil avvalgi darajasiga qaytdi.

Agar u shunday o‘ynashda davom etsa, bu 100 million funt sterlingga yangi o‘yinchini sotib olishga o‘xshaydi.

Uning o‘yinlari so‘nggi ikki yil ichida yetarli darajada bo‘lmadi, ammo uning "Chelsi"ga qarshi goli mavsumning eng yaxshi goli mukofotiga da’vogar.

Kay Xaversning hiylasi va Edegorning goli... Bu haqiqiy futbol", dedi Merson.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring