Fidbol.net

«Sen kimsan o‘zi?» — De Paul Levandovski bilan tortishib qoldi

Tahririyat 1
«Sen kimsan o‘zi?» — De Paul Levandovski bilan tortishib qoldi

MLS muntazam chempionatida «Inter Mayami» va «Chikago Fayr» o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, bahs oxirida Rodrigo de Paul va Robert Levandovski o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan.

Manba keltirgan suhbatga ko‘ra, argentinalik futbolchi Levandovskiga: «Ahmoq, sen kimsan o‘zi? Men ikki marta Amerika kubogini va jahon chempionatini yutganman. Sen-chi?» — degan.

Levandovski mazkur uchrashuvda gol urdi. U joriy MLS mavsumida 9 ta o‘yinda 6 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

De Paul esa chempionatda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring