Fidbol.net

Iraola Gakponing «Fulxem»ga qarshi o‘ynashiga kafolat berolmadi

Tahririyat 2
Iraola Gakponing «Fulxem»ga qarshi o‘ynashiga kafolat berolmadi

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Kodi Gakponing «Fulxem»ga qarshi Angliya Premyer-ligasi o‘yinida ishtirok etishi hozircha noma’lum ekanini aytdi.

Niderlandiyalik hujumchi «Atletiko»ga qarshi Chempionlar ligasi bahsi uchun jamoa qaydnomasiga kiritilmadi. U seshanba kunigi mashg‘ulotni ham o‘tkazib yuborgan.

«U «Fulxem»ga qarshi o‘ynay oladimi-yo‘qmi, bilmayman. Umid qilamanki, maydonga tushadi, ammo hozircha aniq emas. Unda jiddiy jarohat yo‘q, biroq oldingi uchrashuvdan keyin har ikki sonning yaqinlashtiruvchi mushaklarida kichik muammolar paydo bo‘ldi», — deya Iraolaning so‘zlarini Goal.com keltiradi.

Gakpo joriy mavsumda 3 ta o‘yinda 1 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi. So‘nggi uchrashuvda u «Ipsvich»ga qarshi 90 daqiqa harakat qilib, Aleksandr Isakning ikki goliga assist qilgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring