«Barselona» 18 yoshli niderlandiyalik himoyachiga qiziqish bildirgan
Tahririyat
•
•
3
«Tvente» markaziy himoyachisi Rud Neystad yozgi transferlar oynasida «Barselona»ga o‘tishi mumkin edi.
Voetbal International ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar transfer oynasi yopilishi arafasida 18 yoshli niderlandiyalik futbolchini sotib olishga harakat qilgan.
Neystadning o‘zi «Barselona»ga qo‘shilishni istagan, ammo «Tvente» uning ketishiga ruxsat bermagan.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Neystadning «Tvente» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uning transfer qiymatini 10 mln yevroga baholamoqda.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0