Tonali: «Qachondir «Milan»ga qaytaman»
Tahririyat
•
•
4
Italiyalik yarim himoyachi Alessandro Tonali «Tottenxem» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, kun kelib o‘zining sevimli klubi — «Milan»ga qaytishi mumkinligini inkor etmayapti.
«Do‘stlarim va de Dzerbi bilan bu mavzuda tez-tez hazillashib turamiz. O‘ylaymanki, qachondir bunday imkoniyat tug‘iladi. O‘shanda bu haqda jiddiy gaplashib olamiz», - deya Tonalining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, Tonali «Milan» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va ushbu klubni 2023 yilda tark etib, Angliyaning «Nyukasl» jamoasiga o‘tgan edi. Endi esa u «Tottenxem» sharafini himoya qiladi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0