Fidbol.net

Teyani Reynders "Manchester Siti"dan "Al Qodisiya"ga oʻtdi

Tahririyat 3
Teyani Reynders "Manchester Siti"dan "Al Qodisiya"ga oʻtdi

OAVda Saudiya Arabistoni jamoasi 28 yoshli futbolchi uchun 60 mln evro toʻlashi haqida ma'lumotlar paydo boʻlgan edi.

"Manchester Siti"da oʻynash baxtiga muyassar boʻlganimdan va bu erda oʻtkazgan har bir daqiqamdan zavq olganimdan juda xursandman. Kelgan ilk kunimdanoq klubdagi barcha — futbolchilar, murabbiylar va xodimlar meni juda issiq va "Manchester Siti" oilasining bir qismidek kutib olishdi.

Shuningdek, menga va oilamga mehribonlik koʻrsatgan, qoʻllab-quvvatlagan "Siti" muxlislariga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Oʻtgan mavsumda shunday ikkita alohida sovrinni qoʻlga kiritgan jamoaning bir qismi boʻlish — men bir umr qadrlaydigan ajoyib tajriba va yutuqdir. Men ketayotgan boʻlishim mumkin, ammo "Manchester Siti" har doim yuragimda alohida oʻrin tutadi", — dedi Reynders.

Oʻtgan mavsumda Reynders barcha turnirlarda 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga koʻra, niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring