Tebas: "Infantinoning vaqti tugadi, lekin u ketmaydi - tizim chirigan"
La Liga prezidenti Xavyer Tebas FIFAning 2030 yilgi Jahon chempionatini 64 ta jamoaga kengaytirish rejasi haqida fikr bildirdi.
"Biz taqvim bo‘yicha bir necha bor xavotir bildirdik va endi ular Jahon chempionatini 64 ta jamoaga kengaytirishni xohlashmoqda. Menimcha, Infantinoning vaqti tugadi. Lekin uni tizim va federasiyalar qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun boshqa aytadigan gap yo‘q.
Bu tizim tubdan chirigan. Bu shunday davom etishi mumkin emas, lekin hozirgi vaziyatda Infantino ketmaydi. Men Infantinoga qarshi bo‘lgan ko‘p odamlardan eshitganman, lekin ular hech narsa qilishmayapti. Bilmadim, nima yomonroq: sukut saqlashmi yoki sheriklikmi. Jim turganlar uning futbolga qanchalik zarar yetkazayotganini aniq bilishadi" - dedi Tebas The Touchline bilan suhbatda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0