Fidbol.net

Superliga. "Dinamo" Olmaliqda gʻalabaga erishib, jadvalda yuqoriladi

Tahririyat 3
Superliga. "Dinamo" Olmaliqda gʻalabaga erishib, jadvalda yuqoriladi

Oʻzbekiston Superligasi

18-tur

OKMK – "Dinamo" 0:1 (LIVE)

Olmaliq, OKMK sport majmuasi. 19:00

Gol: Firdavs Abdurahmonov (Mixail Shtefan) 48’

Bosh hakam: Akobirxoʻja Shukurullaev
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal Gʻiyosov
Zaxira hakami: Abdurasul Qayumboev
VAR: Dostonbek Rahmonov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sherzod Rajabov

OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shahzod Toirov (8.Abubakr Rizo Turdialiev, 79), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek Oʻlmasaliev (44.Abror Karimov, 56), 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Asadbek Sobirjonov (77.Ivan Peshich, 60), 11.Ali Abdurahmonov, 17.Nodir Abdurazzoqov, 19.Ahmadullo Muqumjonov (22.Saidafzalxon Axrorov, 56), 21.Xazratjon Tursunqulov (27.Urosh Koyich, 60), 28.Arixiro Sentoku.

Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldor Begimov, 30.Abror Sarimsoqov.

"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mixail Shtefan, 8.Aziz Amonov (44.Abdugʻafur Haydarov, 66), 16.Amadu Dumbuya (25.Oybek Oʻrmonjonov, 57), 18.Raul Jeparov (15.Rasul Yoʻldoshev, 57), 19.Tigran Avanesyan (4.Nurillo Toʻxtasinov, 80), 20.Jaloliddin Jumaboev, 26.Marko Stanoevich, 37.Firdavs Abdurahmonov, 77.Behruzbek Oblaqulov (21.Jahongir Abdusalomov, 57).

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 17.Salim Mustafoev, 22.Ulugʻbek Abdullaev, 30.Xaris Xaydarevich.

Ogohlantirish: Oybek Oʻrmonjonov (66).

UChRAShUV YaKUNLANDI!

90+7. Zarbaa! Peshichning olisdan yoʻllagan zarbasini Nemanov qaytardi, qaytgan toʻpni Turdialiev darvozaga toʻgʻri tepolmadi.

90+6. Zarbaa! Abdurazzoqovning erlatib yoʻllagan xavfli zarbasiga aniqlik etishmadi.

90+4. Bosh hakam qizil kartochka bilan bogʻliq vaziyatni monitorda koʻrib chiqdi va uni bekor qildi. Hujumchi simulyatsiya ishlatgan deb topildi.

90+1. Haydarov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borishga intilayotganida Karimov uni ochiqchasiga qoʻl bilan ushlab yiqitdi. Hakam aybdorni maydondan chetlatdi!

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qoʻshib berildi.

89. Zarbaaa! Abdusalomovning kuchli zarbasidan keyin toʻp ancha noaniq ketdi.

87. Bosh hakam penalti yoʻqligini e'lon qildi. Davom etamiz.

85. VAR holatni oʻrganib chiqib, bosh hakamni monitorga chaqirdi.

83. Zarbaa! Abdurazzoqovning zarbasidan keyin toʻp Stanoevichga tegib maydonni tark etdi. OKMK a'zosi toʻp qoʻlga tekkanini aytayotgan boʻlsa, “Dinamo” a'zosi toʻp uning qorniga tekkanini aytmoqda.

82. “Dinamo” qarshi hujumga oʻtdi. Abdusalomov Abdurahmonovga pas berishda zarba kuchini ancha oshirib yubordi, natijada toʻp ancha uzoqlashib ketdi.

81. Ahmadalievning ichkariga oshirib bergan pasini Shtefan uzoqlashtirdi.

80. “Dinamo”da almashtirish: Avanesyan oʻrniga Toʻxtasinov uchrashuvni tugatib qoʻyadi.

79. OKMKda almashtirish: Toirov oʻrniga Turdialiev bahsni davom ettiradi.

76. Uuux! Papavaning kuchli zarbasini Nemanov qaytarishga erishdi.

75. Radaev katta tezlikda oldinga oʻtib, Haydarovga pas berdi, ammo hujumchi himoyachilar toʻsigʻini engib oʻta olmadi, toʻp Abdunabiev ixtiyoriga etib keldi.

72. Zarba! Shtefan Peshichdan toʻpni olib qoʻyib, qarshi hujumga oʻtdi va Haydarovni pas bilan ta'minladi, hujumchining erlatib yoʻllagan zarbasi esa noaniq koʻrinish oldi.

70. Zarba! Oʻrmonjonov jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, kuchsiz zarba berdi, Abdunabiev toʻpni qiyinchiliksiz ushladi.

69. Axrorov qanotdan oldinga oʻtib, Peshichni pas bilan ta'manlashga urindi, ammo bu urinishdan keyin Nemanov toʻpni egallab oldi.

66. Oʻrmonjonov Axrorovning shortigidan ochiqchasiga tortib qolgani uchun ogohlantirildi.

66. “Dinamo”da oʻzgarish: Amonov oʻrniga Haydarov maydonga tushdi.

64. Qanday vaziyatlar! Koyich va Ahmadalievning ketma-ket yoʻllagan zarbalari himoyachilar tomonidan bartaraf etildi, yakunda darvozabon Nemanov toʻpga ega chiqdi.

62. Uuux! Abdurazzoqovning jarima zarbasidan oshirib bergan toʻpini Abdurahmonov bosh bilan darvozaga yoʻnaltirdi, Nemanov zarbani qaytardi! Qoyilmaqom seyv!

60. OKMKda 2 ta almashtirish: Sobirjonov oʻrniga Peshich, Tursunqulov oʻrniga Koyich tushirildi.

57. Uuux! Abdurahmonov deyarli 9 metrdan darvozani aniq nishonga ololmadi.

57. “Dinamo”da 3 ta almashtirish: Dumbuya oʻrniga Oʻrmonjonov, Jeparov oʻrniga Yoʻldoshev, Oblaqulov oʻrniga Abdusalomov bahsga qoʻshildi.

56. OKMKda 2 ta oʻzgarish: Muqumjonov oʻrniga Axrorov, Oʻlmasaliev oʻrniga Karimov tushirildi.

54. Oʻlmasaliev va Nemanov toʻp uchun kurash chogʻida oʻzaro toʻqnashib ketdi.

53. Abdurazzoqovning qanotdan oshirib bergan toʻpini Shtefan bartaraf qildi.

52. Zarbaaa! Tursunqulovning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan toʻpni Abdurahmonov darvozaga yoʻnaltirishga urindi, noaniq.

51. Gol inobatga olindi. Davom etamiz.

50. VAR golni oʻrganib chiqmoqda. Hoynahoy Abdurahmonov ofsayddami yoki yoʻqligi tekshirilayotgan boʻlsa kerak.

48. GOL! Mixail Shtefanning uzun pasidan soʻng Abdurahmonov darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib, darvozani ishgʻol etdi — 0:1!

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi boʻlim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!

45. Birinchi boʻlimga 1 daqiqa qoʻshildi.

45. Zarba! Muqumjonovning pasidan keyin Abdurazzoqov akrobatik zarba yoʻllashga urinib koʻrdi, ancha noaniq.

44. Uuuux! Tursunqulovning toʻpni toʻxtatmasdan yoʻllagan zarbasi kuchli, ammo sal noaniq chiqdi.

40. Zarbaa! Amonovning chap oyoqda olisdan yoʻllagan zarbasiga aniqlik etishmadi .

38. Jeparovning pasidan soʻng Oblaqulov jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va Ahmadalievni aldadi, biroq keyin Toirov unga qarshi chiqib, toʻpni olib qoʻydi.

34. Ahmadalievning havodan oshirib bergan toʻpini Nemanov urib yubordi.

31. Zarba! Yana Ahmadaliev faollik koʻrsatib, darvoza tomon zarba berishga urindi, biroq Jumaboev toʻp yoʻliga gʻov boʻldi.

31. Ahmadaliev jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, ammo soʻnggi pallada Stanoevich unga qarshi chiqib, toʻpni uzoqlashtirdi.

27. Amonov kesma pas orqali Dumbuyani qulay nuqtaga olib chiqmoqchi boʻldi, ammo toʻpga Abdunabiev ega chiqdi.

25. Stanoevich himoyadan turib Amonovni uzun pas bilan ta'minladi, biroq hujumchi oʻyindan tashqari holatda qolgani aniq boʻldi.

23. Zarbaaa! Oblaqulov chamasi 17 metrdan aylanma zarbaga mualliflik qildi, noaniq.

20. Uuuux! Muqumjonovning pasidan soʻng toʻp rikoshet orqali Tursunqulovga etib keldi, yarim himoyachining juda kuchli zarbasidan keyn toʻp darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi.

18. Abdurahmonov himoyachilar qurshovida turganiga qaramay, oʻng oyoqda zarba yoʻlladi, Abdunabiev toʻpni ushlab oldi.

16. Amonov havolatib uzatma amalga oshirib, qanotdagi Dumbuyani oldinga boshladi, biroq ofsayd qayd etildi.

13. Zarbaaa! Oʻlmasaliev olisdan erlatib kuchli va xavfli zarba yoʻlladi, biroq sal noaniq.

12. Oblaqulov qanotda Toirov qarshiligiga duch kelib, yiqildi. Hakam hech narsa boʻlmaganini bildirdi.

10. Jeparov Ahmadalievni ushlab qolib, ochiqchasiga qoidani buzdi.

8. Zarba! Oblaqulov qanotdan ichkariga kirib borib oʻng oyoqda zarba berdi, Abdunabiev oʻz oʻrnida!

6. Uuux! Oblaqulovdan pas qabul qilib olgan Abdurahmonov qulay nuqtadan noaniq zarba yoʻlladi, uning sherigi Amonov pas berilmagani uchun e'tiroz bildirmoqda.

5. Maydon markazida Dumbuya Muqumjonov bilan toʻqnashib ketdi, hakam jarima zarbasi belgiladi.

2. Sentoku jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va xavfli vaziyat hosil qilishga urindi, uning pasidan keyin Mixail Shtefan toʻpni uzoqlashtirdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring