Superliga. "Andijon" safarda "Mash'al"ni minimal hisobda engdi
Oʻzbekiston Superligasi. 18-tur
19 avgust 2026 yil. Gʻuzor, "Markaziy" stadioni. 20:00
"Mash'al" — "Andijon" 0:1
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymanov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Husan Xudayberdiev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Samandar Ibragimov
Gol: 0:1 – 53, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (Imeda Ashortia)
"Mash'al": 35. Dostonbek Toʻxtaboev, 2. Zafarbek Akramov (22. Muhammadbobir Moʻydinov, 46), 4. Strahinya Boshnyak, 5. Komiljon Tojidinov, 8. Sardor Abduraimov, 9. Ibrohim Gʻanixonov (11. Mahmud Joʻraboev, 12), 10. Humoyun Murtozaev (19. Tohirbek Toʻxtasinov, 46), 24. Ifeani Ifeani (88. Ahrorbek Rahimov, 54), 28. Ergash Ismailov, 63. Pavel Bureev, 70. Azizbek Choriev (72. Normurod Koʻcharov, 59).
Zaxira: 25. Samandarbek Joʻrabekov, 7. Vlatko Stoyanovski, 37. Sherzod Fayziev, 50. Drago Bumbar.
"Andijon": 19. Artyom Potapov, 6. Aleksandre Andronikashvili, 7. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov (28. Bekzod Sulaymonov, 74), 9. Imeda Ashortia (33. Doniyor Abdumannopov, 74), 11. Humoyunmirzo Iminov (10. Dragan Cheran, 46), 14. Abdurahmon Komilov (2. Odilbek Abdumajidov, 83), 15. Nemanya Chalasan, 18. Damir Temirov (8. Shohmalik Komilov, 80), 20. Islom Toʻxtahoʻjaev, 77. Mahmudjon Mahamadjonov, 99. Rustam Turdimurodov.
Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 23. Fazliddinxoʻja Ubaydullaev, 87. Jamshidbek Koʻpaysinov, 88. Shohjahon Yorqinboev.
Ogohlantirishlar: Humoyunmirzo Iminov (44), Mahmud Joʻraboev (45+4), Aleksandre Andronikashvili (59)
🏁 90+3-daqiqa. Oʻyin yakunlandi!
Uchrashuv hakamining yakuniy hushtagi chalindi. "Andijon" safarda "Mash'al" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, muhim 3 ochkoni qoʻlga kiritdi.
⏱ 90-daqiqa. Ikkinchi boʻlimning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam tomonidan uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qoʻshib berildi.
⚠️ 88-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" futbolchisi Shohmalik Komilov yaqin masofadan oʻta qulay imkoniyatga ega boʻlgan edi, biroq undan foydalana olmadi. Hisob oʻzgarishsiz qoldi.
🔄 83-daqiqa. "Andijon" tarkibida navbatdagi oʻzgarish: Abdurahmon Komilov oʻrnini Odilbek Abdumajidovga boʻshatib berdi.
🔄 80-daqiqa. "Andijon" tarkibida navbatdagi oʻzgarish: Damir Temirov maydonni tark etdi, uning oʻrniga Shohmalik Komilov bahsga qoʻshildi.
🔄 74-daqiqa. "Andijon" tarkibida birdaniga ikki oʻzgarish: Imeda Ashortia oʻrniga Doniyor Abdumannopov, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov oʻrniga esa Bekzod Sulaymonov maydonga tushirildi.
⚠️ 70-daqiqa. Xavfli vaziyat! Dragan Cheran olis masofadan raqib darvozasi tomon kuchli zarba yoʻlladi. "Mash'al" posboni Dostonbek Toʻxtaboev toʻpni qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.
67-daqiqa. Bahsli vaziyat! "Mash'al" futbolchisi Komiljon Tojidinov oʻng qanotdan jarima maydoniga kirib, Mahmudjon Mahamadjonov bilan toʻqnashib ketdi. Qayta takroriy lavhalarda "Andijon" himoyachisi raqibining oyogʻini bosib olgandek koʻrindi, biroq bosh hakam bu vaziyatni penaltiga loyiq emas deb baholadi va oʻyinni davom ettirishga ruxsat berdi.
67-daqiqa. Imeda Ashortia oʻng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, oʻng oyoqda darvoza tomon zarba yoʻlladi. Biroq uning urinishi juda noaniq chiqdi.
🔄 59-daqiqa. "Mash'al" tarkibida oʻzgarish: Azizbek Choriev maydonni tark etdi, uning oʻrniga Normurod Koʻcharov bahsga qoʻshildi.
🟨 59-daqiqa. Aleksandre Andronikashvili Komiljon Tojidinovga nisbatan qoidani buzgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
57-daqiqa. Aleksandre Andronikashvili olis masofadan raqib darvozasini nishonga olib koʻrdi, biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi.
🔄 54-daqiqa. "Mash'al" tarkibida navbatdagi oʻzgarish: Ifeani Ifeani oʻrnini Ahrorbek Rahimovga boʻshatib berdi.
⚽ 53-daqiqa. GOOOL! "Andijon" hisobni ochdi! Imeda Ashortia jarima maydoniga aniq uzatmani amalga oshirdi, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov esa bosh bilan toʻpni darvoza toʻriga aniq joylab qoʻydi – 0:1.
51-daqiqa. Imeda Ashortia raqib darvozasi tomon navbatdagi zarbasini yoʻlladi, biroq toʻp darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi.
⚠️ 48-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" futbolchisi Imeda Ashortia jarima maydoni yaqinidan darvoza tomon kuchli zarba yoʻlladi. "Mash'al" posboni Dostonbek Toʻxtaboev toʻpni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.
🔄 46-daqiqa. Ikkinchi boʻlim boshlandi!
Jamoalar tarkibida tanaffusda oʻzgarishlar yuz berdi.
"Mash'al": Humoyun Murtozaev oʻrniga Tohirbek Toʻxtasinov, Zafarbek Akramov oʻrniga esa Muhammadbobir Moʻydinov maydonga tushdi.
"Andijon": Humoyunmirzo Iminov oʻrniga Dragan Cheran oʻyinga qoʻshildi.
⏸ 45+5-daqiqa. Birinchi boʻlim yakunlandi! Hakam hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yoʻl olishdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Qisqa tanaffusdan soʻng yana maydonga qaytamiz.
🟨 45+4-daqiqa. "Mash'al" futbolchisi Mahmud Joʻraboev Aleksandre Andronikashviliga nisbatan qoʻpollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
⚠️ 45-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" hujumchisi Rustam Turdimurodov jarima maydoni ichida toʻpni qabul qilib, oʻziga toʻgʻrilab oldi va chap oyoqda kuchli zarba yoʻlladi. Biroq toʻp toʻsin yuqorisidan oʻtib ketdi.
🟨 44-daqiqa. Maydon markazida raqibini fol evaziga toʻxtatib qolgan "Andijon" futbolchisi Humoyunmirzo Iminov hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
39-daqiqa. "Andijon" hujumchisi Poʻlatxoʻja Xoldorxonov jarima maydoni ichidan darvozaga zarba berdi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
36-daqiqa. Humoyunmirzo Iminov jarima zarbasini toʻgʻridan-toʻgʻri darvoza tomon yoʻlladi. Toʻp toʻsin yuqorisidan oʻtib ketdi.
26-daqiqa. Bosh hakam uchrashuvni vaqtincha toʻxtatdi. Futbolchilarga salqinlanib olish va suv ichish uchun qisqa tanaffus berildi.
⚠️ 19-daqiqa. Xavfli vaziyat! Humoyunmirzo Iminov jarima maydoniga aniq uzatmani amalga oshirdi. Qulay vaziyatga chiqib borgan Nemanya Chalasanning yaqin masofadan yoʻllagan zarbasiga esa biroz aniqlik etishmadi.
❌ 16-daqiqa. Gol bekor qilindi! "Andijon" futbolchilari oʻng qanotdan jarima maydoniga uzatmani amalga oshirishdi. Rustam Turdimurodov toʻpni tizzasi bilan darvoza toʻriga yoʻlladi, biroq yon hakam ofsayd qayd etgani sababli gol hisobga olinmadi.
⚠️ 13-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Mash'al" sardori Humoyun Murtozaev jarima maydoni ichidan darvoza tomon zarba yoʻlladi. "Andijon" posboni Artyom Potapov toʻpni ishonchli tarzda egallab oldi.
🔄 12-daqiqa. "Mash'al" tarkibida majburiy oʻzgarish: Ibrohim Gʻanixonov maydonni tark etdi, uning oʻrniga Mahmud Joʻraboev oʻyinga qoʻshildi.
⚠️ 6-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Andijon" jamoasidan tezkor hujum. Oʻng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Abdurahmon Komilov toʻpni markazga uzatdi. Rustam Turdimurodovning yoʻllagan zarbasini esa "Mash'al" darvozaboni Dostonbek Toʻxtaboev bartaraf etdi.
⚠️ 2-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Mash'al" futbolchisi Azizbek Choriev jarima maydoni tashqarisidan belgilangan standarrtdan kuchli zarba yoʻlladi. Toʻp ustun yonidan oʻtib ketdi.
🔔 1-daqiqa. Bosh hakam Rustam Chorievning hushtagi chalindi va uchrashuvga start berildi! Jamoalarga omad tilaymiz.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugungi bellashuvda "Mash'al" koʻk, "Andijon" jamoasi esa oq liboslarda harakat qiladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0