Fidbol.net

Vadim Abramov: "Olmaliqdagi maydon bunday holatda boʻladi deb oʻylamagandim"

Tahririyat 3
Vadim Abramov: "Olmaliqdagi maydon bunday holatda boʻladi deb oʻylamagandim"

Vadim Abramov: “Uchrashuv yomon oʻtmadi. Ikkala jamoa ham gʻalabaga rosa harakat qildi. Muxlislar uchun quvnoq bahs boʻlgandir, amm murabbiylar uchun ogʻir. Yutqizishimiz ham mumkin edi. Golda omadimiz keldi. Keyin yaxshi vaziyatdan foydalana olmadik. Oxirigacha kurashib, gʻalabani ushlab qoldik. Darvozamizni anchadan beri “quruq” saqlay olmayotgan edik. Yigitlarga rahmat”.

- Fikrlaringizga qoʻshilaman, muxlislarbop oʻyin boʻldi. Vaziyatlar boʻyicha hisob 10:10 boʻlishi kerak edi. Mayli kamtarroq boʻlaman, bugun urilishi kerak boʻlgan 10 ta goldan bor-yoʻgʻi 1 tasi urildi. Sabab nimada?
- Maydon holati halal berdi. Yigitlardan soʻraganimda toʻp sakrab ketganini aytishdi, bu bahona boʻlishi mumkin. Maydon sifati katta ahamiyatga ega. Olmaliqdagi maydon bunday holatda boʻladi deb oʻylamagandim.

- “Dinamo” 14 yildan beri Olmaliqda gʻalaba qozona olmayotgan edi. Bu siz uchun qanchalik ahamiyatga ega?
- Har qanday gʻalaba yoqimli. Bu haqida bilmagan edim. 3 yildan beri jamoadan. Ungacha yutmaganmizmi? Mayli shunday boʻlaqolsin.

- OKMKni Olmaliqda magʻlub etishni hamma ham uddalay olmaydi. Bu faqat xohish bilan erishiladigan muvaffaqiyat emas. Alohida tayyorgarlik ham boʻldimi?
- Har qanday raqibni oʻrganamiz va qarshi jamoa sizga imkoniyat berishiga bogʻliq. OKMK yaxshi oʻynadi va gol urishi ham mumkin edi. Bahs birinch golgacha edi. Omadimiz kelib, biz gol urdik.

- Oʻrozovning “Rubin”ga ketishi muxlislarni xafa qildi. Uning oʻrnida harakat qilayotgan Shtefan yaxshi oʻynayapti…
- U Moldaviya terma jamoasi futbolchisi. Nega endi u yomon harakat qilishi kerak. Oʻrozov oʻrnini bosadigan futbolchi qidirgadik. Bugun Oʻrozov “Spartak” jamoasiga qarshi maydonga tushib, bizni xursand qiladi degan umiddamiz.

- Jamoadagi yoshlarning oʻyiniga qanday baho berasiz?
- Yoshlarda xohish katta boʻladi. Ular bilan ishlash osonroq, yoshlar aytilgan vazifani bajardi. Toʻgʻri mahorat etishmasligi mumkin, biroq xohish koʻp. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. Kattalar yoshlarsiz oʻynashi qiyin, kimdir yugurishi kerak-ku.

- 5 kundan keyin “Paxtakor”ga qarshi oʻyin bor. Jarohatlanganlar esa etarlicha. Rejalaringiz qanday?
- Tiklanish kerak. Hozir hammada shunday. Ammo yoshlarda imkoniyat paydo boʻlyapti.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring