Fidbol.net

Mirjalol Qosimov: "Oxirgi bahslarda koʻplab vaziyatlar yaratib, negadir ularni golga aylantira olmayapmiz"

Tahririyat 5
Mirjalol Qosimov: "Oxirgi bahslarda koʻplab vaziyatlar yaratib, negadir ularni golga aylantira olmayapmiz"

Mirjalol Qosimov: “Muxlislarbop bahs boʻldi, zerikib qolishmadi. Ochiq oʻyin koʻrdik. Futbolda vaziyat yaratish emas, gol urish muhim. Ikkinchi boʻlimda yaratgan vaziyatlarimiz mavsum oxirigacha etardi. Imkoniyatlarda foydalanish kerak edi. Oxirgi bahslarda koʻplab vaziyatlar yaratib, negadir ularni golga aylantira olmayapmiz.

- OKMKning ketma-ket 3 ta magʻlubiyati jamoaning ruhiyatiga qanchalik ta'sir qilishi mumkin?
- Hammamiz insonmiz, kimgadir ta'sir qilishi mumkin. Lekin bunga yoʻl qoʻyilmaydi. Xatolardan toʻgʻri xulosa chiqarib, olgʻa qadam tashlashda davom etishimiz kerak. Hech kim chetdan kelib sizga yordam bermaydi. Oʻzimiz shu vaziyatga tushdikmi, oʻzimiz toʻgʻri yoʻlga tushib olishimiz kerak.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring