Fidbol.net

Sergey Lushchan: "Raqiblarni gʻalaba bilan tabriklashdan charchadim"

Tahririyat 2
Sergey Lushchan: "Raqiblarni gʻalaba bilan tabriklashdan charchadim"

Sergey Lushchan: “Mashgʻulotlarda biror narsani ustida ishlaysan. Futbolchilar esa maydonga tushib, hech narsa aytilmagandek, tushintirilmagandek harakat qilishadi. Bu ularning intellekt darajasi boʻlsa kerak. Raqiblarni gʻalaba bilan tabriklashdan charchadim. Buning ijobiy jihatlari ham bor. Tarkibni 80% oʻzgartirsak kerak. Bugun judayam yosh futbolchilar maydonga tushdi va ular munosib oʻyin koʻrsatishdi. Tajribali oʻyinchilarda motivatsiya umuman qolmaganga oʻxshaydi. Ularni tushunaman. Hamma shunday vaziyatda ekanligini tushuntira olmayapman”.

- Vaziyat juda ogʻir. Superligada jon saqlab qolish imkoniyatlari…
- Imkoniyat har doim bor. Hamma narsa boʻlishi mumkin. Nima qilsak ham oʻxshamayapti. Yo bu futbolchilarning maksimumi, yoki pul nimaligini esdan chiqarib, faqat bazada ovqatlanishyapti. Balki ikkalasidir. Agar Superligada qola olmasak, tarkibni yangilaymiz. Hozir shu bilan mashgʻulmiz. Keyingi bahsda umuman tanimagan ikki futbolchini maydonda koʻrasiz. Koʻnglimiz toʻlayotgan pozitsiyalar ham bor. Oxirigacha ishlaymiz, kurashamiz. Imkoniyat boʻlganida, yigʻinlar, mavsumoldi tayyorgarliklar boʻlganida futbolchi tanlashimiz mumkin edi. Hozir boriga qanoat qilishga majburmiz.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring