Solbakken Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan: «Norvegiya boshqa tarkibni maydonga tushirishi kerak»
Norvegiya terma jamoasi murabbiyi Stole Solbakken JCH-2026 3-turidan o‘rin olgan Fransiyaga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Bugun norvegiyaliklar Senegalni mag‘lub etishdi (3:2) va pley-offga yo‘l olishdi. «Uch ranglilar» bilan o‘yin 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
«Fransiya bilan o‘yin oldidan bir qator o‘zgarishlarni amalga oshiramiz. Gap ularni mag‘lub etishni istamasligimizda emas – o‘yinlar o‘rtasidagi vaqt juda qisqa bo‘lgani uchun biz haqiqatan ham boshqa tarkibni tushirishimiz zarur. Bugungi o‘yinning oxirida biz duch kelgan sharoitlarni hisobga olsak, boshqa futbolchilarda imkoniyat bo‘ladi – bu tabiiy hol. Ayrim pozisiyalarda bizda raqobat kuchli.
6-7 nafar futbolchimizning oyog‘i tortishib qolishiga sal qoldi, ular deyarli holdan toyishgan edi. Biz esa hali Grinsboroga uchib borishimiz, keyin esa – yana Bostonga qaytishimiz kerak. Shuning uchun keyingi o‘yin uchun tarkibni topishingiz qiyinroq bo‘ladi», – dedi Solbakken.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0