Tuxel JCH-2026dagi suv ichish uchun tanaffuslar haqida gapirdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026dagi suv ichish uchun to‘xtalishlar (pauzalar) haqida o‘z fikrini bildirdi.
Har bir bo‘limning o‘rtasida majburiy uch daqiqalik tanaffuslar ushbu turnir uchun joriy etilgan edi.
«Menimcha, bu tanaffuslar o‘yinga men o‘ylaganimdan ko‘ra ancha ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Ilgari bizda haqiqatan ham kuchli issiq bo‘lgan paytlardagina shunday tanaffuslar bo‘lardi.
Bu zarur edi, lekin o‘shanda ular qisqaroq davom etardi. Bundan tashqari, faqat ayrim o‘yinlardagina sodir bo‘lardi. Endi esa – adolat mezonlariga ko‘ra – bu har bir uchrashuvda amalga oshirilmoqda.
Shu tariqa, o‘yin to‘rtta chorakka bo‘linib ketyapti. Va bu o‘yin xarakterini men ilgari hisoblaganimdan ko‘ra ko‘proq o‘zgartirmoqda», – dedi Tuxel.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0