Xoland: «Yana bir ajoyib oqshom va men juda faxrlanaman»
Tahririyat
•
•
1
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland JCH-2026dagi ketma-ket ikkinchi dubli haqida fikr bildirdi.
Bugun «Manchester Siti» futbolchisi 2-tur doirasidagi Senegalga qarshi o‘yinda (3:2) ikkita gol urdi, bundan avval esa – Iroq bilan bahsda (4:1) ham dubl qayd etgan edi.
«Bu yana o‘ziga xos voqea bo‘ldi. Yana bir ajoyib oqshom va men juda faxrlanaman.
Men bundan zavqlanmoqdaman. Debyut qilgan paytimdan beri Norvegiya terma jamoasida o‘ynash menga yoqadi va bu ko‘rinib turibdi. Jahon chempionati — bu juda zo‘r!» – dedi Xoland.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0