Fidbol.net

Sof maosh bo‘yicha «Real»da kim eng ko‘p pul topishi aytildi

Tahririyat 10
Sof maosh bo‘yicha «Real»da kim eng ko‘p pul topishi aytildi

«Real»ning oylik maosh bo‘yicha eng ko‘p haq oladigan futbolchisi Vinisius Junior hisoblanadi. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares xabar bermoqda.

Agar nafaqat sof maosh, balki qo‘shimcha bonus hisobga olinsa, Kilian Mbappe barchadan ko‘proq pul topadi. Lekin sof maosh borasida «Real»dagi eng yuqori maosh oluvchi shaxs — Vinisius.

Shu bilan birga, braziliyalik futbolchi klubdan maoshini yana oshirishni so‘ramoqda. Florentino Peres uning bu talabini qondirishga tayyor emas. U jamoadagi maoshlar iyerarxiyasini buzib qo‘yishdan va bu holat xaos keltirib chiqarishidan xavfsiramoqda.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring