Fidbol.net

Shvesiyalik futbolchi nima uchun Tunis darvozasiga urgan golini nishonlamani ma’lum bo‘ldi (video)

Tahririyat 14
Shvesiyalik futbolchi nima uchun Tunis darvozasiga urgan golini nishonlamani ma’lum bo‘ldi (video)

Shvesiya terma jamoasi futbolchisi Yasin Ayari 2026 yilgi jahon chempionatining F guruhi 1-turida Tunisga qarshi bahsda kiritgan golini nishonlamadi.

Shvesiyalik yarim himoyachining bu qarorga kelishiga sabab ham ma’lum bo‘ldi. Gap shundaki, Yasin Ayarining otasi millat jihatdan tunislik hisoblanadi. Shu bois futbolchi o‘zining tarixiy vataniga hurmat ko‘rsatgan holda, Tunis darvozasiga urgan golidan keyin quvonchini namoyish etmadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvda aynan Ayari 7-daqiqada hisobni ochgan edi. U o‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida yana bir bor raqib darvozasini ishg‘Lion qilib, dubl qayd etdi.

Jahon chempionati–2026. F guruhi, 1-tur
15 iyun, 2026 yil. Guadalaxara (Meksika). «BBVA» stadioni
Shvesiya – Tunis – 5:1
Gollar: Ayari, 7 (1:0), Isak, 30 (2:0), Rekik, 43 (2:1), Dyokeresh, 59 (3:1), Svanberg, 84 (4:1), Ayari, 90+6 (5:1).

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring