Mbappe Fransiya terma jamoasidagi eng yaqin do‘stlari kimligini aytdi
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe milliy jamoadagi eng yaqin do‘stlari Usmon Dembele va Markus Tyuram ekanligini ma’lum qildi.
«Usmon bilan maydonda ko‘plab voqealarni boshdan kechirganmiz, ammo maydondan tashqarida undan ham ko‘p — har xil sho‘xliklar qilib yurardik. Ta’tillarni birga o‘tkazganmiz, oilalarimiz bir-birini juda yaxshi taniydi. U haqida menda juda ko‘p hikoyalar bor. Birgalikda butun bir kitob yozishimiz mumkin edi!» — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Le Parisien nashri.
Fransiya terma jamoasi 16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi, unda fransuzlarga Senegal raqiblik qiladi. Guruh bosqichida ular, shuningdek, Iroq (23 iyun) va Norvegiya (26 iyun) terma jamoalariga qarshi ham maydonga tushishadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0