Diomande: «Jahon chempionatida biz oilalarimiz, do‘stlarimiz va yaqinlarimiz uchun o‘ynaymiz»
Kot-d'Ivuar terma jamoasi hujumchisi Yan Diomande 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Ekvadorga qarshi o‘yindagi g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
«Biz qattiq kurashdik, muvaffaqiyatga erishdik va bundan barchamiz juda xursandmiz. O‘z mamlakating sharafini himoya qilish doimo yoqimli. Bu juda mashaqqatli va hayajonli, chunki biz qariyb 33 million aholi nomidan maydonga tushmoqdamiz. Biz oilalarimiz, do‘stlarimiz, yaqinlarimiz uchun o‘ynaymiz va bunday yirik turnirda barchamiz bor kuchimizni ishga solishni istaymiz. Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Maqsadimiz — tarixda o‘z izimizni qoldirish va barchamiz birgalikda shunga intilyapmiz», — deya 19 yoshli forvardning so‘zlarini keltiradi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) rasmiy sayti.
Diomande ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0