Fidbol.net

Kaka Braziliyaning JCH-2026 dagi starti haqida: «Hech kim mundialni ilk o‘yindayoq yutmaydi, Argentina bunga misol»

Tahririyat 4
Kaka Braziliyaning JCH-2026 dagi starti haqida: «Hech kim mundialni ilk o‘yindayoq yutmaydi, Argentina bunga misol»

«Real» va «Milan» klublaridagi ajoyib o‘yinlari bilan tanilgan afsonaviy braziliyalik futbolchi Kaka Jahon chempionati – 2026 musobaqasida Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelottiga to‘liq ishonishini ma’lum qildi.

«Bu Anchelotti uchun murabbiy sifatidagi ilk Jahon chempionati, biroq u ulkan tajribaga ega. Ushbu mutaxassis bosim va qiyinchiliklarni yengib o‘tishni juda yaxshi biladi. Karlo to‘g‘ri qarorlarni qanday topishni yaxshi anglaydi. Men unga ishonaman. Hech kim mundialni dastlabki uchrashuvdayoq qo‘lga kiritmaydi. Bunga yaqin oradagi misol sifatida Argentinani keltirish mumkin. Ular ham dastlab mag‘lubiyatga uchrashgan, yakunda esa JCH g‘olibiga aylanishgan edi», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Turnirdagi ikkinchi o‘yinida Braziliya terma jamoasiga Gaiti terma jamoasi raqiblik qiladi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring