Fidbol.net

FIFA sammiti doirasida bir qator muhim masalalar muhokama qilinmoqda

Tahririyat 6
FIFA sammiti doirasida bir qator muhim masalalar muhokama qilinmoqda

AQSHning Mayami shahrida FIFAga a’zo 211 milliy assosiasiya vakillari ishtirokida FIFA Executive Football Summit 2026 tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar qatorida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hamda bosh kotibi Avaz Maqsumov ishtirok etmoqda.

Sammitda so‘zga chiqqan FIFA prezidenti Janni Infantino futbolning kelajakdagi rivojlanish strategiyalari, o‘smirlar va yoshlar futbolini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, global miqyosda iste’dodlarni aniqlash va rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida FIFA U-15 Jahon chempionatini tashkil etish tashabbusi, FIFA Forward rivojlantirish dasturi hamda FIFA Talent Development Scheme loyihasi doirasida yosh futbolchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sammit davomida ishtirokchi assosiasiyalar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va futbol taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan fikr almashdilar.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring