Fidbol.net

Kukurelyaning «Real»da qaysi raqam ostida to‘p surishi ma’lum bo‘ldi

Tahririyat 2
Kukurelyaning «Real»da qaysi raqam ostida to‘p surishi ma’lum bo‘ldi

«Chelsi» klubining chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya Madridning «Real» klubiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Qaymoqranglilar» transfer shartlarini kelishib olishdi va ushbu kelishuv haqida yaqin soatlar ichida rasman e’lon qilinishi mumkin. Jurnalist Migel Anxel Diasning ma’lumotlariga ko‘ra, agar 4-raqamni Din Xyoysen yoki Raul Asensio egallaydigan bo‘lsa, yangi futbolchi 24-raqam ostida harakat qiladi. Kukurelya ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida ham Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan aynan 24-raqam ostida joy olgan.

Ispaniyalik himoyachi «Chelsi» klubida 3-raqamda to‘p surar edi, biroq «Real»da ushbu raqam Eder Militaoga tegishli.

Mark Kukurelyaning «Qirollik klubi»ga transferi bonuslar bilan birgalikda 60 million yevroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring