Fidbol.net

Ryuerson Sancho va Mxitaryanning tarixiy rekordlariga yaqinlashdi

Tahririyat 9
Ryuerson Sancho va Mxitaryanning tarixiy rekordlariga yaqinlashdi

Germaniya Bundesligasining 33-turi doirasida Dortmundning «Borussiya» jamoasi o‘z maydonida Frankfurtning «Ayntraxt» klubini qabul qildi. Gollarga boy o‘tgan bahs maydon egalarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda «asalarilar» himoyachisi Yulian Ryuerson golli uzatmani amalga oshirib, o‘z hisobidagi assistlar sonini 14 taga yetkazdi. Bu norvegiyalik futbolchi uchun nafaqat shaxsiy rekord, balki «Borussiya» tarixidagi uchinchi ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Klub tarixida statistika yuritila boshlanganidan beri faqat ikki futbolchi bir mavsumda Ryuersondan ko‘proq golli pas bergan. Bular — 2019/2020 yilgi mavsumda 16 ta assist amalga oshirgan Jeydon Sancho hamda 2015/2016 yilgi mavsumda 15 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan Genrix Mxitaryandir.

Ma’lumot uchun, «Borussiya D» mavsumning so‘nggi turida Bremenning «Verder» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring