Fidbol.net

Runi Keynni APLning qaysi klubida ko‘rishni xohlashini aytdi

Tahririyat 11
Runi Keynni APLning qaysi klubida ko‘rishni xohlashini aytdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynni «qizil iblislar» tarkibida ko‘rishni istashini ma’lum qildi.

«Menimcha, bunday variant hamma uchun qiziq bo‘lardi. Eshiting, agar Harri Keyn «Bavariya»da qolmasa, men uni «Manchester Yunayted»da ko‘rishni xohlardim. Agar u bizni eshitayotgan bo‘lsa, shuni aytmoqchiman: «Harri, seni bu yerda Shirerning rekordi kutmoqda. «Manchester Yunayted»ga avvalgi shuhratini qaytarishga yordam ber!»

Bir tasavvur qiling: Harri Keyn Bundesligada g‘olib chiqdi, «Barselona»ga o‘tdi va La Ligada chempion bo‘ldi... lekin qalbining tub-tubida u baribir Premyer-ligada ham chempion bo‘lishni xohlaydi. Va mana u «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqda — aynan u klubni sovringa yetaklay oladi», — deya Runining so‘zlarini keltiradi BBC.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring