Roʻziqul Berdiev: "Hujumda tashkil etishda oqsadik, himoyada esa qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydik"
"Navbahor"ni gʻalaba bilan tabriklayman. Ularning bugungi oʻyini bilan gʻalabaga munosib edi. Oʻz darvozamizga gol kiritib qoʻyib, raqibning vazifasini osonlashtirdik. Ikkinchi boʻlimda esa hujumda koʻplab xatolarga yoʻl qoʻydik. Uzun toʻplarga oʻtib ketdik. Nega bunday qildik bilmayman. Bunday holatlarda aniq paslar bilan toʻpni nazorat qilish kerak. Umumiy qilib aytganda, hujum tashkil etishda oqsadik. Himoyada esa qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydik", - deya gap boshladi Roʻziqul Berdiev.
- Muxlislar jamoangizga qanchalik ta'sir oʻtkaza oldi?
- Bu mezbonga qoʻl keldi. Stadion deyarli toʻldi. Muxlislar qanchalik koʻp boʻlishi mezbonga madad boʻladi.
- Jamoangiz soʻnggi oʻyinlarda barqaror oʻyin namoyish eta olmayapti. Endi boshlanadigan OChL musobaqasi oldidan bunday holat sizni xavotirga solmayaptimi?
- Jamoadagi ichki holatni yaxshi bilaman. Hech kim bilan bu haqda muhokama qilmoqchi emasman. Etakchilarimiz bor. Biz ikkita yaxshi jamoa bilan oʻynab, magʻlub boʻldik. Jamoam vaziyatni oʻnglash uchun kuch topa oladi.
- Kubokda yana "Navbahor" bilan oʻynaysizlar...
- Kubok oʻyini bir bahsdan iborat. Bugungi oʻyin ushbu raqib bilan oʻynasa boʻlishini koʻrsatdi. Tartibliroq oʻynashimiz kerak. Jamoamiz tiklanishga ulguradi degan umiddaman.
Manba: championat.asia
Izohlar 0