Fidbol.net

Ronaldu – JCH pley-off tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchi

Tahririyat 3
Ronaldu – JCH pley-off tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlaridagi navbatdagi rekordini o‘rnatdi.

41 yoshli futbolchi JCH-2026 1/16 finali doirasida Xorvatiyaga qarshi kechgan uchrashuvning 68-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, Ronaldu mundiallar tarixida pley-off bosqichida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Shuningdek, Krishtianu turnirning pley-off bosqichida maydonga tushgan eng yoshi katta o‘yinchi ekanligini ham eslatib o‘tamiz.

81-daqiqada Portugaliyalar bosh murabbiyi Roberto Martines yulduzni zaxiraga oldi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring