Fidbol.net

Romano va Plettenberg Diomande transferi sabab ijtimoiy tarmoqlarda tortishib qolishdi

Tahririyat 8
Romano va Plettenberg Diomande transferi sabab ijtimoiy tarmoqlarda tortishib qolishdi

Jurnalistlar Fabrisio Romano va Florian Plettenberg Yan Diomandening kelajagiga oid ma’lumotlar sababli ommaviy ravishda tortishib qolishdi. Futbolchi «RB Leypsig» sharafini himoya qiladi.

Romano «Manchester Siti» allaqachon futbolchi uchun kurashdan chiqqanini va Diomande «Real»ga o‘tishga yaqinligini ta’kidladi. Shuningdek, italiyalik jurnalist ingliz klubining ehtimoliy taklifi haqidagi xabarlarni tanqid qildi.

«Xavotir olmang, Diomande «Real»ga o‘tadi. Kecha «Manchester Siti»ning 100 millionlik taklifi haqida gapirishdi, vaholanki klub bir necha kundan beri poygadan tashqarida», — deb yozdi Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Plettenberg esa o‘z jamoasi «shaharliklar» tomonidan tayyorlanayotgan taklif haqida xabar bermaganini aytib javob qaytardi.

«Biz hech qachon «Manchester Siti» taklif berishga tayyorligi haqida yozmaganmiz. Gap klub shuncha summani to‘lashga tayyor bo‘lgani haqida ketayotgan edi. Boshqalarni nohaq qilib ko‘rsatish uchun detallarni to‘qib chiqarish shart emas», — deya ta’kidladi jurnalist.

Shuningdek, Plettenberg Romanoning «Here we go» formatini tanqid qilib, uni ba’zi yangiliklarni rasmiy tasdiqlanmasdan oldin e’lon qilishda aybladi.

Romano esa bunga javoban shunday dedi:

«Men hech qanday urushni xohlamayman. Men shunchaki Diomande mavzusiga javob berdim. Ammo meni bunga aralashtirishning hojati yo‘q».

Yakunda ikkala jurnalist ham yarashtiruvchi xabarlar bilan nizoni tugatishga harakat qilishdi, Plettenberg esa oxirida Diomande baribir «Real»ga o‘tishga yaqinligini qo‘shimcha qildi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring