Richchi «Atalanta»ga o‘tishi mumkin
Italiyaning «Milan» klubi yarim himoyachisi Samuele Richchi shu yozdayoq jamoani tark etishi mumkin, «rossonerilar» qarorgohidan shunday xabarlar tarqalmoqda. Richchi o‘tgan yozda «Milan»ga ko‘chib o‘tib, 2029 yilgacha shartnoma imzolagan edi — klub u uchun taxminan 23 million yevro to‘lagan.
Ammo «Atalanta»da murabbiy o‘zgardi — Maurisio Sarri esa futbolchi talantining katta ishqibozi hisoblanadi. Shu bilan birga, agar Luka Modrich va Adriyen Rabyo «Milan»da qoladigan bo‘lishsa, Richchida yana o‘yin amaliyoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Shu sababli uning «Atalanta»ga sotilishi bo‘yicha kelishuv ehtimoli juda yuqori.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» o‘tgan mavsumni Seriya A turnir jadvalida beshinchi o‘rinda yakunlagan edi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0