Reshford "Barselona"dan xafa
Manbaning ma'lum qilishicha, Reshford “koʻkanorranglilar”dan biroz xafa, chunki u “Barselona” uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qiladi deb oʻylagandi. Vinger klubda qolish uchun hatto maoshi kamayishiga ham rozi edi.
Endilikda hujumchi mavsumoldi tayyorgarlikni “Manchester Yunayted” bilan oʻtkazadi, boisi jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik unga ishonch bildirmoqda.
Qayd etilishicha, agar Reshford Evropa top-klubidan taklif olsa, “qizil iblislar” safini tark etishga tayyor. Futbolchi Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtish variantini umuman koʻrib chiqmayapti.
Hujumchi yakunlangan mavsum “Barselona” tarkibida 49 oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli pas uzatdi.
U JCh-2026 musobaqasida Angliya terma jamoasi libosida 5 oʻyinda qatnashib, maydonda umumiy hisobda 175 daqiqa harakat qildi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0