Endrik A Seriya jamoasiga oʻtishi mumkin
“Corriere dello Sport” ma'lumotiga koʻra, braziliyalik futbolchiga "Milan" va "Roma" qiziqish bildirmoqda.
20 yoshli Endrikning "Real"da etarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotgani Braziliyada muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Nashr ma'lumotiga koʻra, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchiga yanvarda yangi jamoa topishni maslahat bergan.
"Milan" yozgi transferlar oynasida ham Endrikni qoʻlga kiritishga qiziqqan va uning agentlari bilan uchrashgan edi. "Rossoneri" qishda transferni amalga oshirishga yana bir bor urinib koʻrishi mumkin. "Roma" ham nomzodlar qatorida.
"Real" futbolchini sotishga tayyor emas, ammo uni ijaraga berish variantini koʻrib chiqishi mumkin. Yaqin haftalarda Joze Mourinyu Endrik bilan birgalikda uning kelajagi boʻyicha qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Endrik joriy mavsumda La Liganing atigi bitta uchrashuvida maydonga tushdi va 86-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0