Fidbol.net

"Real" prezidenti "Barselona"ga nisbatan tuhmat ishi boʻyicha sudga chaqirildi

Tahririyat • • 1
"Real" prezidenti "Barselona"ga nisbatan tuhmat ishi boʻyicha sudga chaqirildi

Avvalroq Peres "Barselona"ni hakamlarni sotib olishda ayblab, kataloniyaliklar "qaymoqranglilar"dan koʻplab sovrinlarni oʻgʻirlaganini ta'kidlagandi.

Tuhmat boʻyicha da'vo yuzasidan sud majlisi 25 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. "Barselona" Peresdan oʻz soʻzlaridan qaytishini va raddiya bilan chiqish qilishini talab qilmoqda. Agar bu sodir boʻlmasa, Kataloniya klubi sud jarayonini davom ettirish niyatida.

"Barselona" 21 ochko jamgʻarib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 1-oʻrinni egallab turibdi. "Real" (15 ochko) esa 4-pogʻonada bormoqda.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring