Fidbol.net

"Real"ga oʻtishni istayotgan futbolchi jamoasining yigʻinida qatnashmaydi

Tahririyat 3
"Real"ga oʻtishni istayotgan futbolchi jamoasining yigʻinida qatnashmaydi

"Sky Sport" insayderi Florian Plettenberg xabariga koʻra, 19 yoshli ivuarlik futbolchi ertalab klub rahbariyatiga oʻzini betob his qilayotganini ma'lum qilgan. Shu sababli u jamoaning Avstriyadagi yigʻinlariga bormaydi.

Diomande bugungi "Ferl"ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi uchun qaydnomaga ham kiritilmagan. Biroq uning oʻyinda ishtirok etmasligi avvaldan rejalashtirilgani ta'kidlanmoqda.

Plettenbergning ma'lum qilishicha, futbolchi "Leyptsig" bilan xayrlashishga tayyor va butun e'tiborini "Real"ga oʻtishga qaratgan.

Shu bilan birga, madridliklar transfer boʻyicha yaqin soatlar ichida yakuniy kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Agar barcha masalalar hal etilsa, Diomande Ispaniyaga uchib borib, tibbiy koʻrikdan oʻtadi va "Real" bilan shartnoma imzolaydi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring