Fidbol.net

«Real»da Rodri bilan bog‘liq mish-mishlardan norozilik bor, ammo...

Tahririyat 4
«Real»da Rodri bilan bog‘liq mish-mishlardan norozilik bor, ammo...

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini matbuot muntazam ravishda «Real» bilan bog‘lamoqda. Shunga qaramay, Madrid superklubida 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha aniq rejalar yo‘qligi haqida ma’lumotlar bor.

Shu bilan birga, The Athletic nashrining yozishicha, «Real»da Rodri atrofidagi mish-mishlardan norozilik kayfiyati mavjud.

«Klubda bu yoz davomida Rodrining ismi «Real» bilan doimiy ravishda bog‘lanayotganidan norozilar. Shu bilan birga, «Real»ning ayrim yetakchilariga yaqin manbalar uning jamoaga o‘tishi ajoyib kuchayish bo‘lishini ta’kidlashmoqda», — deyiladi xabarda.

Rodri hozirda Jahon chempionati finaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Ispaniya hal qiluvchi bahsda Argentinaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring