Fidbol.net

«Real» yarim himoyachining ketishiga rozilik berdi

Tahririyat 3
«Real» yarim himoyachining ketishiga rozilik berdi

Yarim himoyachi Dani Sebalyos «Real»ni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Xorxe Pikon xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Madrid klubi futbolchining ketishini allaqochon kelishib bo‘lgan. Sebalyos faqatgina shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi bitimga imzo chekishi kerak, xolos. «Transfermarkt» o‘yinchining transfer qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Ortda qolgan mavsumda Dani Sebalyos «Real» safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. Avvalroq futbolchiga «Marsel», «Betis» va «Ayaks» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring