Fidbol.net

«Real» Maykl Olise transferi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Tahririyat 10
«Real» Maykl Olise transferi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Madridning «Real» klubi «Bavariya» vingeri Maykl Olisening ehtimoliy transferi haqida rasmiy bayonot bilan chiqdi.

«Turli OAVlarda klubimiz “Bavariya” futbolchisi Maykl Olisega qiziqish bildirayotgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat sifatida “Real Madrid” shuni ma’lum qiladiki, mazkur futbolchi, uning vakillari yoki atrofidagi biror shaxs bilan hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aloqa o‘rnatilmagan.

Shuningdek, “Real Madrid” o‘zini “Bavariya” bilan uzoq yillik o‘zaro hurmat, hamkorlik va havasga asoslangan ajoyib institusional munosabatlar bog‘lab turishini ta’kidlaydi hamda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan taxminlar tarqatilayotganidan afsuslanadi.

Ikki klub o‘rtasidagi munosabatlar doimo ishonch va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan bo‘lib kelgan. Bu, jumladan, boshqa klubga tegishli futbolchiga qiziqish bildirilgan taqdirda, masala avvalo klublar o‘rtasida hal qilinishi lozimligi haqidagi umumiy qarashda ham namoyon bo‘ladi. Bu tamoyillar tarixan “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib kelgan», — deyiladi madridliklar bayonotida.

Avvalroq xorijiy nashrlar «Real» jahon chempionatidan keyin Maykl Oilise transferi bo‘yicha «Bavariya»ga rasmiy taklif yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring