"Real" futbolchisi shartnomani bekor qilishdan bosh tortmoqda
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos hozircha hech qayerga ketmayapti.
"Qaymoqranglilar" 29 yoshli futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezishmayapti va u bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishib olmoqchi, biroq yarim himoyachiga bu variant ma’qul kelmayapti. El Chiringuito nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Sebalyos hamkorlikni to‘xtatishga rozilik berish niyatida emas. Uning amaldagi shartnomasi keyingi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Dani Sebalyos 2017 yildan buyon "qirollik klubi" sharafini himoya qilib keladi. Yakunlangan mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha turnirlarda jami 23 bor maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi. Futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi – 7 million yevro.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0