Fidbol.net

«Real» futbolchilari Jahon chempionatlarida 100 ta gol urishdi

Tahririyat 12
«Real» futbolchilari Jahon chempionatlarida 100 ta gol urishdi

Jud Bellingem Jahon chempionati – 2026 ning uchinchi o‘rni uchun kechgan bahs yakunida gol urdi. Aynan Bellingem uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Opta mutaxassislari qiziqarli faktga e’tibor qaratishdi: Bellingemning goli «Real» futbolchilarining Jahon chempionatlaridagi 100-goli bo‘ldi. «Qaymoqranglilar» futbolchilari bu marrani birinchi bo‘lib zabt etishdi.

Ikkinchi o‘rinda «Bavariya» bormoqda — Myunxen klubi o‘yinchilari mundiallarda 87 ta gol urishgan. Kuchli beshlikdan, shuningdek, «Barselona» (78 ta gol), «Inter» (76 ta gol) va «Yuventus» (62 ta gol) joy olgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring